01Mahsulotlar originalmi?
Ha. Barcha mahsulotlar Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan, biz O'zbekistondagi rasmiy dilermiz.
02Bo'yoq sochga zarar qiladimi? Allergiya bo'lishi mumkinmi?
Water Coloring nozik teri uchun klinik sinovlardan o'tgan, lekin har qanday bo'yoqda individual allergiya bo'lishi mumkin. Ishlatishdan oldin teri sinovi o'tkazing va qadoqdagi yo'riqnomani to'liq o'qing.
03Bo'yoq necha marta yetadi?
Qadoqda 12 yoki 3 dona (paket, 10 g dan) bo'ladi. Necha marta yetishi soch uzunligiga bog'liq: qisqa sochga 1 dona yetadi (12 donalik ~12 marta), yelkadan uzunroq sochni to'liq bo'yashga taxminan 3 dona ketadi (12 donalik ~4 marta). Faqat bir qismini bo'yasangiz kamroq ketadi.
04Mahsulotlar halolmi?
Water Coloring (barcha ranglar) Xalqaro halol sertifikatsiya markazi (IHCC) sertifikatiga ega: № P-H26-K00148, 2029-yil 24-martgacha amal qiladi. Sertifikatni «Halol sertifikati» bo'limida ko'rishingiz mumkin. Boshqa mahsulotlar bo'yicha yordam xizmatidan so'rang.
05Qaysi rangni tanlashni bilmayman.
Yordam xizmatiga yozing — tabiiy sochingiz rangiga qarab maslahat beramiz.
06Qanday sotib olaman?
Mahsulotni savatga qo'shing, «Rasmiylashtirish» ni bosing, ma'lumotlaringizni to'ldiring, eng yaqin EMU pochta punktini tanlang va to'lov usulini tanlang.
07Yetkazib berish qancha turadi?
200 000 so'mdan ortiq buyurtmalarga yetkazib berish bepul. Undan kam buyurtmalarga — 30 000 so'm.